O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, publisist Saydi Umirov 82 yoshida olamdan o‘tdi. Minglab shogirdlar tarbiyalagan ustoz-olim 1938-yil 10-fevralda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. U Yozuvchilar, Jurnalistlar ijodiy uyushmalari a’zosi, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori edi.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Saydi Umirovning yaqinlariga ta’ziya bildiradi va oila a’zolariga sabr tilaydi. Ustozning oxirati obod bo‘lsin!