12.04.2022 2047

O‘zbekiston va Ozarbayjon do‘stlik kechasi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kuni kecha Ganira Pashayeva boshchiligida Ozarbayjon delegatsiyasi mehmon bo‘ldi. Mehmonlar orasida Ozarbayjon xalq artisti Gulyanag Mamedova ham bor edi.

Universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja mehmonlarni universitet bog‘i, e’tiborga molik go‘zal hududlari hamda universitet teleradiostudiyasi bilan tanishtirdi.

Ganira Pashiyeva universitetning shaxmat taxtasi va kino zonasining g‘ayrioddiyligidan hayratda qolgan bo‘lsa, tovus va universitetimiz bezaklari delegatsiya vakillarida yanada katta taassurot qoldirdi.

Sherzodxon Qudratxo‘ja mehmonlarga o‘zbek milliy liboslaridan to‘plam sovg‘alarini taqdim etdi.

Uchrashuv so‘ngida mehmonlar va rektor birgalikda iftorlik qilishdi, so‘ng Ozarbayjon xalq artisti Gulyanag Mamedova talabalar va universitet vakillari davrasida yana ozarbayjon va o‘zbek xalq qo‘shiqlarini ijro etdi.

Universitet rektori esa bu uchrashuvga “Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik kechasi bo‘ldi” – deya izoh berdi.

Bo'lishmoq: