23.10.2019 2968

O'zbekiston va Turkiya... Buyuk tarixiga ega ikkita davlat!

O'zbekiston va Turkiya... Buyuk tarixiga ega ikkita davlat, bir-biriga o'xshash urfu-odatlar va xalqning og'zaki ijodi...

Aynan bu ikkita mamlakatni ming asrli tarixi, xalqlarning inoqligi va qardoshlik rishtalari birlashtiradi.

O'zbekiston jurnalistlika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulotda va Muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi. Universitet rahbariyati mehmonlarni ta'lim muassasasining faoliyati hamda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishtirdi.

Uchrashuv chog'ida ta'kidlanganidek, o'zbek va turk millati - bu bitta tarix ostida shakllangan xalqdir. Ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar har doim yuqori darajada bo'lgan va shunday bo'lib kelmoqda. Janob Mehmet Sureyaning ta'kidlashicha, davlatimiz o'z vaqtida Turkiyaga ham moliyaviy, ham ma'naviy yordam ko'rsatgan. Jumladan, 1923 yil Buxoro Xalq Respublikasi Mustafa Kemal Otatyurkga 100 million oltin tanga va qurol sotib olishida ko'maklashgan. "Bizning xalqimiz u kunlarni hech qachon unutmaydi. Shuning uchun biz har doim Turk davlatining tarixi Mo'g'ulistondan boshlanib Hirotgada tugaydi deymiz. Ammo Vatanimizning yuragi bu O'zbekiston", dedi janob Buyuk elchi.

O'zbekistonning Turkiy davlatlar Kengashiga a'zo bo'lishi tabiiy tarixiy jarayonlarning aksidir. "Biz O'zbekiston Turkiy Kengashiga a'zo bo'lganidan juda mamnunmiz. Men ochiq aytaman: biz buni anchadan beri intizorlik bilan kutgan edik. O'zbekistonsiz bu kengash "tuxumsiz quymoqqa" o'xshar edi. Endi Turkiy davlatlar Kengashi haqiqatan ham o'z nomiga mosdir", dedi Mehmet Sureya Er.

Universitet rektori, Sherzodxon Qudratxodjayev, o'z navbatida ikki mamlakatga mansub narsalar haqida so'zlab berdi. "O'zbekiston va Turkiya et bilan tirnoq kabi. Shuning uchun, biz hech qachon hamkorlik qilishda to'xtamaymiz: aksincha, jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar sohalarini yanada rivohlantiramiz". Darhaqiqat, Turkiyaning jurnalistikasi dunyoning rivojlangan media qatoriga kiradi. Fursatdan foydalanib, tomonlar talabalar almashuvi haqida kelishib oldilar va bu o'z o'rnida professional ta'lim darajasini oshirishda muhim omil bo'ladi.

Muloqot shunchalik ochiq va samimiy o'tdiki, vaqt naqadar tez o'tganligini hech kim sezmay qoldi. Bizning samimiy va iliq munosabatlarimiz abadiy bo'lsin! Doimo bir-birimizni qo'llab-quvvatlagan holda, munosabatlarimizni har tomonlama rivojlantirishga intilamiz!

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetining matbuot xizmati.

Bo'lishmoq: