O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Koreya Respublikasining universitetlari bilan bir qatorda yana ko’plab mamlakatlar bilan ham hamkorlikni yo’lga qo’ygani hech birimizga sir emas. Jumladan, Turkiya Respublikasi universitetlari O’zJOKUning ilk hamkorlaridan bo’lib, shu kungacha O’zJOKU Turkiyaning istanbul, Gazi, Seljuc, Ankara, Ibn Haldun kabi universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Bu universitetlar qatoriga tez orada "Hasan Kalyoncu" universiteti ham qo’shilish arafasida.
Kuni kecha "Hasan Kalyoncu" universiteti va "TIKА" hamkorlik tashkilotining O’zbekistondagi vakillari hamda turli tashkilotlarda faoliyat olib boruvchi jurnalistlar ishtirokida universitetda uchrashuv o’tkazildi. Ucharshuvda o’z universitet faoliyati bilan barcha yig’ilganlarni tanishtirgan "Hasan Kalyoncu" universiteti professori Can Bilgili O’zJOKU bilan ikki tomonlama diplom olish (“ortak diplomu”) dasturi bo’yicha hamkorlik memorandumini imzolash taklifini bildirdi. Memorandum talaba- magistrlar almashinuvini yo’lga qo’yish, professor-o’qituvchilar malakasini oshirish, xalqaro universitetlar tajribasi asosida TV va radio yo’nalishlari va mutaxassisligi doirasida o’quv reja va dasturlarini amalga oshirish bo’yicha bir qator masalalarni qamrab olgan bo’lib, bu shartnoma ikki tomon uchun ham manfaatli memorandum bo’lishi kutilmoqda.