27.09.2019 3364

O‘zbekiston Yoshlar Ijodiyot saroyida “Ta’lim va kasb 2019” XXI Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Yoshlar Ijodiyot saroyida “Ta’lim va kasb 2019” XXI Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko'rgazmada 50 dan ortiq mahalliy va xorijiy universitetlar, o'quv markazlari vakillari ishtirok etmoqda.

Ko'rgazmada O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari ham ishtirok etib, universitet haqida ishtirokchilarga ma'lumot, ya'ni universitetning tuzilishi, o'quv programmasi, ushbu o'quv yurtida tahsil olayotgan talabalarning imkoniyatlari haqida ma'lumot berishmoqda.

322-sonli umumta'lim maktabning 10-sinf o'quvchisi, Muslima Aliyeva deydi:

"Ikki yildan beri jurnalistikaga qattiq qiziqaman. Mening orzuim - yaqinda ochilgan Jurnalistika universitetning talabalar safiqa qo'shilishdir. Bilaman, jurnalistlika kasbi oson emas. Ammo menda eng asosiysi, xohish bor- o'ylaymanki men uddalayman!

"Bu yil Toshkent davlat pedagogika universitetiga kirolmadim. Balkim, shunday bo'lgani aslida yaxshi bo'lgandir. Ze'ro, yoshligimdan beri jurnalistikaga qattiq qiziqish bildirganman. Ammo ushbu kasbning qiyinchiklarini e'riborga olib, ota-onam qarshilik bildirishgan. Keyingi yil Ozbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga imtihon topshirmoqchiman va nasib qilsa mehnatim o'z natijasini beradi. Hozir esa katta bir xohish bilan imtihonlarga tayyorgarlik ko'raman", - deydi Zarina Tovarovskaya.

Ko'rgazmaga tashrif buyurganlar namoyish etilgan universitetlar haqida ma'lumot va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishmoqda.

Siz ham ushbu fursatdan foydalanib, O'zbekiston va chet ellardagi ta'lim dasturi bilan tanishishingiz mumkin!

E'tiboringizga tadbirning foto va video hisobotlarini taqdim etamiz!

Videolavha

 

Muallif: Rushana Aliakbarova

Fotograf: Doniyor Shog'ulomov

Bo'lishmoq: