Yevroosiyo ot sporti assotsiatsiyasi, “MaximaPark” Xalqaro ot sporti kompleksi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universtiteti hamda O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi talabalar o‘rtasida “O‘zbekistonda ot sporti” mavzusida “Yosh muxbirlar” xalqaro tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov jamiyatda ot sporti haqida ijobiy tasavvurlarni shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport jurnalistikasi rivojiga hissa qo‘shish, iqtidorli talabalarni kashf etish va ularning ijodini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Materiallar “Chavandoz” telegram guruhiga yuboriladi: https://t.me/+XyFmdBEF5dYzMWY6
1) bosma materiallar yo‘nalishi (esse, maqola, ocherk va boshqalar) – hajmi 6 000 belgidan ortiq bo‘lmasligi, А4 o‘lchamli qog‘ozning bir tomoniga 1,5 oraliqda Times New Roman, 14 shriftda chiqarilgan:
2) videomateriallar yo‘nalishi (intervyu, reportaj, lavha va boshqalar) – “avi” yoki “mp4” formatda 4 daqiqadan oshmagan hajmda:
3) fotoreportaj yo‘nalishi (yagona syujetga birlashtirilgan ko‘pi bilan 5 ta fotosurat) – suratlar rangli yoki oq-qora, JPEG yoki PNG formatda, 72 dpi yoxud 96 dpi, kamida 800 koʼpi bilan 1700 piksel bo‘lishi kerak;
4) ijtimoiy tarmoqlar yo‘nalishi (ijtimoiy tarmoqdagi guruh, blog, youtube-kanal) – anons taqdim etiladi (kontentning nomi, maqsadlari, foydalanuvchilari soni va internet havola).
Tanlov muddati va g‘oliblarni aniqlash
Tanlov 2023-yil 12-apreldan 30-iyungacha 2 bosqichda bo‘lib o‘tadi:
- saralash (2023-yil aprel/may oylari);
- yakuniy bosqich (2023-yil iyun).
Tanlovga taqdim etilgan materiallar O‘zJOKU professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekistonning taniqli sport jurnalistlaridan iborat nufuzli hayʼat komissiyasi tomonidan baholanadi hamda gʼolib, sovrindonlar aniqlanadi.
Tanlov g‘oliblarini taqdirlash
Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 ta o‘rin g‘oliblari hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilarning maxsus sovg‘alari va diplom bilan taqdirlanishadi hamda ularga Moskva shahridagi “MaximaPark” Xalqaro ot sporti kompleksida malaka oshirish imkoniyati taqdim etiladi.