Bugun O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoni bilan taqdirlangan Akademik Muqimjon Qirg‘izboevni universitet jamoasi tantanali ravishda muborakbod etdi. Ustozga fidoyiligi, universitet ilmiy salohiyati, talabalar ta’limi uchun jonkuyarlik ila bajarayotgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirildi. Universitet hayotida alohida o‘ringa ega bo‘lgan akademik Muqimjon Qirg’izboyevni jamoamiz nomidan yuksak e’tirof bilan chin dildan yana bir bor qutlaymiz, ustozga sihat salomatlik, kelgusi ishlarida esa ulkan zafarlar tilab qolamiz!