Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga "Harbiy jurnalistika" va "Teleradiojurnalistika" yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalar ilk marotaba talaba sifatida o‘qishga kelishdi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha universitet prorektori Nozima Muratova talabalarni qutlab, ularga yaxshi niyatlarini bildirdi.
Qolaversa, 1-kurs talabalarini o‘qish bilan tabriklash va ularga omad tilash uchun yurtimizning taniqli telejurnalistlar, xususan Asror Abrorxo‘jayev, Muhabbat Hamroyeva va Nilyufar Umurzoqovalar O‘zJOKUga kelishdi.
Tantanali tadbirdan so‘ng, talabalar o‘z xonalariga yangi bilimlarni o‘zlashitirish uchun yo‘l olishdi.