2018-yil 24-may. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. 200 nafardan ortiq talabani, 50 nafarga yaqin professor-o'qituvchilarni va 70 nafarga yaqin ishchi xodimni o'z bag'riga sig'dirib, katta bir oilaga aylangan ushbu tashkilot qisqa muddat davomida Xitoy, Turkiya, Koreya, Rossiya, Checheniston, Germaniya, Fransiya kabi ko’plab rivojlangan xalqaro mamlakatlarning ta'lim dargohlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi. Ular bilan mazmunli suhbatlar, mahorat maktablari, masofaviy ta'lim, talaba yoshlar uchun qiziqarli bo’lgan uchrashuvlarni tashkillashtirdi.
Yosh va hali qo'liga diplom olib ulgurmagan universitet talabalarini o’zlari qiziqqan soha va yo'nalishlari bo’yicha ishga joylashtirish, ularni hayotda va tanlagan sohalarida o’z yo’llarini topishlari uchun imkon darajasida barcha ishlarni amalga oshirdi. Tashabbuskor yoshlarning media loyihalarini ham moddiy, ham ma'naviy qo’llab quvvatlab, ular hayotga tatbiq etilishi uchun katta imkoniyatlarni taqdim etdi.
Mamlakat ravnaqi uchun erkin va hur fikrli jurnalist kadrlarni tayyorlab berish borasida ko’plab ishlar amalga oshirildi. Bu yutuqlar universitetga bildirilgan ishonchni oqlash, yelkamizdagi mas'uliyatli vazifani uddalashda, soha rivojiga munosib hisssa qo’shish borasida tashlagan ilk qadamlarimizning kichik bo’laklaridir.
O’zJOKU bundan keyin ham katta marralarni zabt etishda, soha bo’yicha ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda jurnalistika rivojida o’z so’ziga ega, alohida ahamiyatli dargoh bo’lish uchun harakatdan to’xtamaydi va albatta, bildirilgan ishonchni oqlaydi!
Bugungi kun barchamizga muborak bo'lsin!!!
O'zJOKU ma'muriyati