O'zJOKU delegatsiyasi Janubiy Koreyaning eng mashhur teleradio kompaniyasi KBS bo'ylab sayohat qildi. O'zbek tomoshabinlari tomonidan sevib tomosha qilingan koreys seriallari aynan KBSda tasvirga olingan. Kompaniya tarixi 1927 yildan boshlanadi, aynan shu yili Koreya radio uzatish tizimi orqali KBS efirga uzatila boshlagan. 1971 yilga kelib esa KBS ommaviy teleradiokompaniyaga aylanadi.
Kompaniya hududida KBS faoliyati bilan yaqindan tanishtiruvchi pavilyon mavjud bo'lib, u yerda istalgan sayyoh kompaniya tarixi, buguni umuman faoliyati bilan tanisha turib, o'zini 3D formatdagi studiyada KBS muxbiri yoki boshlovchisi sifatida his etishi mumkin.