Munhwa Broadcasting Corporation - Janubiy Koreyaning yetakchi mulьtimedia korporatsiyasi hisoblanadi. Munhwa koreys tilida "madaniyat" ma'nosini anglatadi. Korporatsiya 1961 yil 2 dekabrda tashkil topgan bo’lib, bugungi kunda uning tarkibida mulьtimediaviy reklama yo’nalishidan tashqari 1 ta telekanal, 3 ta radiokanal, 5 ta kabel va 5 ta sputnik kanallari mavjud.
O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasi Koreya safari davomida MBS ga tashrif buyurib ish faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi. Davra suhbati chog’ida kelgusida universitet va korporatsiya o’rtasida hamkorlik aloqalarini bundanda kuchaytirishga, yangiliklar tayyorlash, madaniyat, kino va hujjatli filьm bo’limlarida talabalarning malaka oshirishlari xususida ham to’xtalib o’tildi. Yaqin yillar ichida xalqaro hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.