14.12.2019 1178

O‘zJOKU doktoranti intellektual tanlovlining g‘olibi

10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar “Olima” uyushmasi hamkorligida “Ilm yulduzlari” intellektual ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi O‘zbekiston Milliy universiteti madaniyat saroyida o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda shaharning 14 nafar olima-ayollar orasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tayanch doktoranti Odina Qulmuradova ham faol ishtirok etib “Tomoshabin tanloviga sazovor inshtirokchi” nominatsiyasida rag‘batlantiruvchi sertifikat bilan mukofotlandi.

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida hamda “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalarni amaldagi ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan mazkur tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad: Respublika oliy o‘quv yurtlarida hamda Fanlar Akademiyasi institutlarda samarali mehnat qilayotgan olima ayollar orasidan ilg‘or, tashabbuskor, ijodkor, fidoiy, innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanib, samarali natijalarga erishayotgan olimalarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlarini munosib baholash va rag‘batlantirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishdan iborat edi.

Ko‘rik-tanlovda ilmiy doiralarda o‘z salohiyatini namoyon qilgan, ilmiy maqolalar, tezislar va boshqa ishlar chop etgan 25-40 yoshlardagi tadqiqotchi olima-ayollar ishtirok etdilar. Tanlov 3 shart asosida o‘tkazildi. Birinchi shart tanishutiruv bo‘lib, unda ishtirokchilar o‘zlari, kafedra va ustozlari, ilmiy ishi mazmuni haqida 5 daqiqalik videolavha taqdim etdilar. Shart “Kuch bilim va tafakkurda” shiori ostida o‘tkazildi. Ushbu shart tadqiqotchi yashayotgan va ishlayotgan ilmiy muhit haqidagi boy va ixcham tasavvur berishni nazarda tutadi. Bunda, shuningdek, yosh olimaning shaxsiy sifatlari, imidji va milliy qadriyatlarga, ma’naviy merosga dahldorlik hissi alohida baholandi.

Tanlovning ikkinchi shartida ishtirokchilarning nazariy bilim darajalari baholandi. “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish” yili Davlat dasturida belgilangan vazifalar, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Resrublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi” yuzasidan berilgan savollar, ishtirokchilarning bilimi, dunyoqarashlarini qanchalik serqirra ekanligini sinovdan o‘tkazdi. Bunda yosh olima ayollarning intellektual imkoniyatlari bilan bir qatorda, ularning nutq madaniyati, hozirjavobligi va boshqa iste’dod qirralari ham baholandi. Shu tahlit ishtirokchilarning Davlat dasturining ahamiyati, me’yoriy-huquqiy hujjatlar haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovning uchinchi – “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” nomli shartida ayollarning xorijiy tillarni bilish darajasi sinovdan o‘tkazildi. Bunda ishtirokchilar O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari, madaniyati, turmush tarzi va milliy qadriyatlari haqida xorijiy tilda taqdimot qilishdi.

Bo'lishmoq: