01.05.2020 1367

O'zJOKU DSc va PhD talabalari va mustaqil izlanuvchilarning chorak hisoboti

29-aprel 2020-yil Vazirlar Mahkamasining 304-sonli Qarori ijrosiga muvofiq universitetda Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichini tashkil etish borasidagi Qaror ijrosini taʼminlash bo‘yicha ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Nozima Muratova raisligida DSc doktorantlar va PhD tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilarning choraklik attestatsiyasi o‘tkazildi. Unda universitet tadqiqotchilari va izlanuvchilari 2020-yilning dastlabki oylari (yanvar, fevral, mart, aprel)da dissertatsiya ishi yuzasidan bajargan ishlari, chop etilgan maqolalari, tadqiqot ishining tayyorgarlik holati yuzasidan hisobot berishdi.

ZOOM platformasida onlayn shaklda o‘tgan attestatsiya davomida kafedra mudirlari N.Toshpo‘latova, G. Nishonova, L. Toshmuhammedova, Sh.Tayloqova doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar xisobotini tinglab, mavzuni o‘rganish jarayonida qaysi jihatlarga eʼtibor qaratish, adabiyotlar (bibliografiya) bilan ishlash, xorijiy ilmiy maʼlumotlar bazalarida sohaga oid yangi ilmiy maʼlumotlar, ilmiy maqolalarni topib o‘rganish bo‘yicha tavsiya va maslahatlar berdilar. Shuningdek, Respublikamizda mavjud mahalliy OAK jurnallariga maqolalar berib ilmiy ishda yanada faol bo‘lishga undaldi. Aytish joizki, berilgan tavsiyalar tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatiga ijobiy taʼsir etadi.

Attestatsiya yakunida ZOOM konferensiyasida qatnashganlarning monitoring natijasini aks ettiruvchi xulosaviy fikrlar bildirildi. 2-kurs doktorantlariga 2-bobni kafedra muhokamasiga qo‘yish vaqti 2020-yilning iyun oyi etib belgilandi. Ishni imkon qadar tezroq yozib tugallash vazifasi yuklatildi.

Bo'lishmoq: