23.11.2023 539

O‘zJOKU hamda Belgiya ta’lim kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekistonning Belgiya qirolligidagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Belgiya ta’lim kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra Yevropa ittifoqiga a’zo universitetlar bilan hamkorlikni o‘rnatish jarayonida O‘zJOKU hamda Belgiya ta’lim kengashi o‘zaro manfaatdor aloqalarni amalga oshirib, O‘zbekistonda ta’lim sohasida xalqaro ilmiy loyihalarni oshirish, ta’limda yangicha yondashuvlarni joriy qilish, ilmning tijoratlashtish borasida faoliyatlarini birgalikda yo‘lga qo‘yishadi.

Besh kun davomida Belgiya ta’lim kengashi tomonidan O‘zbekistondan tashrif buyurgan oliy ta’lim muassalaridan vakillarni QS reytinggida pozitsiyasini oshirish, universitetni yangi formatda faolliyatini yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha xizmatlarni rivojlantirish maqadida seminar-treninglar va Belgiya universitetlarining tajribasi o‘rganildi

Bo'lishmoq: