01.07.2022 2406

O‘zJOKU ijodiy imtihonlar qachon va qanday shaklda bo‘lishi ma’lum qilindi

Bu yilgi kasbiy ijodiy imtihonlarimiz oldingiga o‘xshagan ham suhbat, ham yozma-insho shaklida olinadi. Ya’ni kasbiy ijodiy imtihon uchun 93 ball belgilangan bo‘lsa, shundan 31 balining uchdan bir qismi og‘zaki suhbat uchun ajratilgan bo‘lib, qolgan uchdan ikki qismi, ya’ni 62 bali yozma ijodiy insho shaklida olish belgilangan.

Bunda ularni har bitta ta’lim yo‘nalishi ya’ni jurnalistikani faoliyat turlari (teleradiojurnalistika, bosma OAV, internet jurnalistikasi) dan kelib chiqib og‘zaki va yozma insholar savollari tuzilgan.

Ijodiy imtihonlarni olish muddatlari 20-iyuldan o‘qishga qabul qilish bo‘yicha muddat tugaganidan keyin 21 iyuldan grafik qilinadi va shundan keyin olinadi. Uzog‘i 28-30-iyulga mo‘ljallangan”, deydi O‘zA bilan suhbatda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Azizbek Xasanov.

Bo'lishmoq: