18.02.2022 417

O‘zJOKU ijodkor talabalari diqqatiga!

Universitetda “Ekstremzm, terrorizm va missionerlikning mudhish qiyofasini fosh etish” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazilayotganini ma’lum qilamiz!

 

Keltirilgan mavzuda chizilgan eng yaxshi rasm uchun:

1-o‘ringa: 500 000 (besh yuz ming) so‘m;

2-o‘ringa: 300 000 (uch yuz ming) so‘m;

3-o‘ringa: 200 000 (ikki yuz ming) so‘m pul mukofoti taqdim etiladi.

Tanlovda yo‘nalish va ta’lim turidan qat’iy nazar barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlarini 5-martga qadar universitet “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limiga topshirishlarini so‘raymiz.

Ishtirok eting va o‘zingizdagi yana bir qobiliyatni kashf qiling!

Bo'lishmoq: