08.04.2021 715

O‘zJOKU kafedralardagi lavozimlarga tanlov e’lon qiladi

Lavozim

Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi

Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

PR va xalqaro kommunikatsiya kafedrasi

Raqamli media va Internet kafedrasi

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Xorijiy tillar kafedrasi

1.      

Kafedra mudiri

 

 

1

 

 

 

2.      

Dotsent

 

1

1

 

1

 

3.      

Katta o‘qituvchi

2

1

4

3

4

1

4.      

O‘qituvchi

 

2

15

5

4

5

 

Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.


Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.


Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.


Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar ham qatnashishi mumkin.


O‘qituvchi (assistent) o‘qituvchi-stajyor lavozimini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.


Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar rektor nomiga ariza, shaxsiy varaqa (ma’lumotnoma ),nomzod faoliyati to‘g‘risida ma’lumotnoma, diplomlar nusxalari, ilmiy ishlar ro‘yxati, malaka oshirganlik to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalarini topshiradilar.


Eslatma: Mazkur oliy ta’lim muassasasida ishlovchilar o‘tgan muddat bo‘yicha kafedrada hisobot beradilar, chetdan tanlovda ishtirok etuvchilar sinov darslarini o‘tkazadilar.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani,markaz 5, 88 uy. Tel: 8 71 207-09-06, (91)190-93-59

Bo'lishmoq: