Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining barcha kafedralari o‘zlarining yillik hisobotlarini topshirdilar.
Hisobotlar turli yo‘nalishlar bo‘yicha yil davomida amalga oshirilgan ishlar va belgilangan ko‘rsatgichlar doirasida yig‘ilgan ma’lumotlar bo‘yicha himoya qilindi.
Universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja universitetda faoliyat yuritayotgan har bir kafedraning professor-o‘qituvchilari bilan muloqot qilib, yutuq va kamchiliklar haqida suhbatlashdilar. Kafedra mudirlaridan esa yangi o‘quv yili uchun muhim bo‘lgan takliflar eshitildi va jarayonga tatbiq etish uchun chora-tadbirlar bo‘yicha topshiriqlar berildi.