11.11.2020 954

O‘zJOKU magistranti Rossiya Federatsiyasi vaziri tomonidan taqdirlandi

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri, general Sergey Shoygu qoraqalpog‘istonlik jurnalist qiz, O‘zJOKU magistranti Ayjamal Joldasbaevani MDH davlatlari harbiy jurnalistlari o‘rtasida Ikkinchi Jahon urushi ustidan erishgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lganligi uchun taqdirladi.

Ayjamal Joldasbaeva ushbu tanlovga urush va urush qatnashchilari, urushdagi mardliklari uchun Qahramon unvoniga sazovor bo‘lgan yurtdoshlarimiz haqida “Vatanparvar” gazetasida chop qilingan maqolalari bilan ishtirok etgan edi.

Ayjamal O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti magistranti bo‘lib, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori hisoblanadi.

O‘zJOKU Ayjamal kabi iqtidorli talabalari borligidan faxrlanadi, va bundanda yuksak marralarga erishishlarini tilab qoladi!

Bo'lishmoq: