Mana bahor ham yakunlanib qolibdi. Ertadan yoz faslini quchoq ochib kutib olamiz. May oyi barchamiz,xususan,universitetimiz uchun ham sermahsul bo‘ldi. Keling,birgalikda may oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarni eslab o‘tamiz:
3-may
Talabalarga psixologik tavsiyalar berib, o'z bilimlarini ulashish maqsadida,
"Zirapcha" loyihasi psixologi Aziza Toshxodjayeva;
21-may
Latofatli aktrisa va mahoratli boshlovchi Rayhon Ulasenova va Xitoy kommunikatsiya universiteti vakillari;
23-may
Talabalar bilan o'z tajribalarini ulashish maqsadida,
"Hurriyat" gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Qulmon Ochilov va O‘zbekiston xalq shoiri, iste'dodli ijodkor Sirojiddin Sayyid;
26-may
Ko‘p yillik kasb mahoratiga ega bo‘lgan "Vodiy sadosi" radiosi radio boshlovchisi Feruza Bonu;
29-may
Universitetimizning adabiyot ixlosmandlari uchun, Ozod Sharafiddinov nevarasi To‘ychiyeva Shahnoza;
30-may
"ALJAZEERA" Xalqaro telekompaniyasi vakillari:
Stefani Baessan- "Al Jazeera English" ning Moskva byurosi bosh muharriri;
Agneshka Pikulichka Vilchevska -jurnalist;
Xarchenko Andrey Viktorovich -operator.
Va nihoyat, 31-may.
Fransiya elchixonasi tashabbusi bilan Carbon universiteti vakili Jan Pyer Ranger.
Yuqoridagi uchrashuvlarda qatnashib o‘zingizga kerakli bilim va ko‘nikmalarni oldingiz deb umid qilamiz.
Universitetimiz o‘zining qaldirg'ochlarini iyun oyida o'z bag‘ridan uchiradi. Kelayotgan ta'tilingiz maroqli bo‘lsin. Ilm olib,ijod qilishdan aslo charchamang.
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi
Robiya Abduxoliqova
Fotograf: Doniyor Shog'ulomov