04.06.2020 1494

O‘zJOKU rahbariyati Andijonda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son "Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Samarqand va Andijonda joylashgan texnikumlar faoliyatini o‘rganish vazifa etib belgilangan. 

Professional taʼlim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional taʼlim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda ish beruvchilarni keng jalb qilish maqsadida O‘zJOKU rahbariyati rektor boshchiligia prorektorlar Andijonga tashrif buyurishdi. 

Hozirda texnikumlarni faoliyatini o‘rganish, ularning yo‘nalishlarini va bilim berish bo‘yicha salohiyatini tahlil qilish, muammolarini aniqlash, kelgusida qanday yo‘nalishlar ochilishi xususida muhokama qilindi. Shuningdek, ularni sohaga yo‘naltirish, zamonaviy bosqichga ko‘tarish yoki qanday kasb bo‘yicha yoshlarni tayyorlash, kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha suxbatlar olib borildi.

Rahbariyat ikki kun davomida shu texnikumda bo‘lib, xodimlar hamda o‘qituvchilar, pedagogik tarkib bilan uchrashib, pedagogikada nimalarga e’tibor berish kerak, biz ta‘lim berishda va kasbga yo‘naltirishda qanday yondashishimiz kerak, nimalar o‘zgarishi kerak, yangicha ta’lim berish jarayonida e’tibor beriladigan jihatlar bo‘yicha muhokama, uchrashuv va muloqotlar o‘tkazildi.

Bo'lishmoq: