16.11.2022 220

O‘zJOKU rektor kubogi bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha Yunusobod arena stadionida rektor kubogi uchun murosasiz bellashuv bo‘lib o‘tdi. Bir necha guruhlar orasidan g‘olib bo‘lib, finalga chiqqan ikki jamoa “Sport United” va “Jurnalist” jamoalari o‘zaro bellashdilar.

O‘yin yakunida Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti 2-kurs talabalaridan tashkil topgan “Sport United” jamoasi rektor kubogini qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoani g‘alaba bilan tabriklab, bellashuvlarning turli bosqichlarida ishtirok etgan barcha talabalarga kelasi sport uchrashuvlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Bo'lishmoq: