"Bu mukofot Xalqaro Press Klubning sayyor sessiyalari, tahlil, tanqid, xalq bilan muloqot uchun berilgan katta baxo. Bu bir o'zimning yutug'im emas, bu butun jamoaning yutug'i, mamlakatimizdagi barcha erkin jurnalistlarning, "O'zbekiston 24" telekanalining faoliyatiga berilayotgan alohida e'tibor belgisidir. Shuningdek, bu e'tirof jurnalistika va ommaviy kommunikatsiylar universiteti uchun ham alohida chorlov.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev matbuot va ommaviy ahborot vositalari xodimlari kuniga yo'llagan tabriklarida universitet faoliyatiga ham alohida to'xtalib, oldimizga bir qancha vazifalarni qo'ydilar. Biz ushbu vazifalarni bajarish uchun bugundanoq kirishishga shaymiz. Faoliyatimizga berilgan yuksak e'tirof uchun minnatdormiz" - deb yozadi Sherzodxon Qadratxodjayev.
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxodjayevning mehnatlarini munosib ko'rib "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlaganingiz uchun jamoamiz nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Bayram barchamizga muborak bo'lsin.