24.02.2024 182

O'zJOKU rektori TIKA rahbariyatiga takliflar berdi

Turkiyada TRT AVAZ bor, TRT World bor, TRT xabar telekanallari bor. Universitetimizda turk tili yaxshi o’tiladi. Talabalarimiz turk tilida sof gapirishadi. Bizda yuqorida nomi aytilgan telekanallarda 1 haftada masalan 3 yoki 5 daqiqa ajratib telestudiyamizda tayyorlangan lavhlarni bersak. Chunki, bugun media olamiga axborot yetishmayapti. Bizda yolg’on axborotlar ko’p.

TIKA bilan hamkotlikni davom ettirib Turkiyadagi televideniyelar, gazetalar biz bilan ZOOM orqali aloqa o'rnatishsa boshimiz ko'kka yetardi. Talabalarimizga tasvirga olish, rejissorlik, boshlovchi va muxbir bo’lishni o’rgansak. Har yili 5-6 ta talabani Turkiyaga yuborsak. O’z o’rnida almashuv dasturi orqali Turkiyadagi talabalarni o'zimizning universitetda o’qitishga tayyormiz.

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo'ja

Bo'lishmoq: