19.07.2021 753

O‘zJOKU shaxmat maktabidan yangiliklar

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan Aqliy Sport Federatsiyasining ilk hamkoriga aylandi!

Bugun O‘zJOKUda tashkil etilgan shaxmat maktabining asosiy auditoriyasi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan O‘zJOKU va O‘zbekiston Aqliy sport federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbirga yig‘ilgan ishtrokchilar va bolajonlar shaxmat uchun mo‘ljallangan auditoriya bilan tanishib, birgalikda kun oxiriga qadar shaxmat o‘ynadilar. Hatto, tadbirni yoritish uchun tashrif buyurgan OAV hodimlari ham jarayonga nisbatan o‘z qiziqishlarini yashirmagan holda, o‘yinlarga qo‘shilib ketishdi. Anchadan beri faoliyat yuritib kelayotgan shaxmat maktabi uchun ajratilgan auditoriyaning kreativ tarzda ta’mirlangani va zamonaviy jihozlar bilan boyitilgani barchada yaxshi taassurot uyg‘otdi, ayniqsa, bolajonlar hamda maktabning doimiy o‘quvchilari bundan juda quvondilar. Fursatdan foydalanib, shaxmat maktabining kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Bo'lishmoq: