16.10.2020 966

O‘zJOKU "Siyosatshunoslik" va "Internet jurnalistika" yo‘nalishlarining talabalarini kutib oldi

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining “Internet jurnalistika” va yangi ochilgan “Siyosatshunoslik” yo‘nalishiga qabul qilingan talabalar ilk marotaba universitetga talaba sifatida kelishdi. Universitet rahbariyati va taklif etilgan mehmonlar, xususan taniqli huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev, O‘zbekiston “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasi vakili Mirodil Abdurahmonov universitet talabalari qatoriga qo‘shilgan yangi 1- kurs talabalarni tabriklab, ularga maslahatlarini berishdi.
Universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev ushbu oliygohda o‘qish oson bo‘lmasligi, talabalar har kuni o‘z ustida ishlashlari muhim ekanligini aytdi. Buning uchun universitetda barcha imkoniyatlar borligini ham ta‘kidlab o‘tdi. "Siyosatshunoslik yo‘nalishi O‘zJOKUda joriy yilda ochildi. Biz mamlakatimizda siyosiy sharhlovchi va shu yo‘nalishdagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni sezib, “Siyosatshunoslik” yo‘nalishini tashkil etishga qaror qildik", - dedi universitetimiz rektori.
Universitet rektori va taklif etilgan mehmonlarimizning mazmunli va motivatsion nutqlaridan keyin, talabalar universitet bilan yaqindan tanishish va yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘z xonalariga yo‘l olishdi.
Bo'lishmoq: