22.12.2022 243

O‘zJOKU talabalari 3 ta stipendiyani qo‘lga kiritdi

Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi.

Siyosatshunoslik yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Sharobiddinov Shoxislombek Yasharbek oʻgʻli Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori.

Bosma OAV jurnalistikasi yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Sulaymonova Nodira Qobil qizi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori.

Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Mamajonova Muxlisaxon Muzaffar qizi Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.

Talabalarimizga eng samimiy tilaklar va kelajakdagi faoliyatlarida ulkan marralarni zabt etishlarini tilaymiz.

Bo'lishmoq: