Kecha 18-mart kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetining sirtqi ta’lim 2-kurs talabalari “Darakchi” hamda “Sug‘diyona” gazetalari tahririyatida bo‘ldi.
“Darakchi” gazetasi bosh muharriri Barno Madaliyeva, “Sug‘diyona” gazetasi bosh muharriri Dildora Nazarovalar bilan bugungi kunda gazeta chiqarishning mas’uliyati, xususan, gazeta sahifalari uchun mavzu tanlash, mushtariylar va aholidan tahririyatga kelib tushayotgan muammolarga qanday yechim topilayotgani borasida fikr almashdi.
Bosma OAV jurnalistikasida tahsil olayotgan talabalarimizda gazetalarning dizayni borasidagi savollariga esa, o‘z navbatida o‘shbu tahririyatning malakali sahifalovchi-dizaynerlari o‘zlarining qisqagi master-klasslari orqali javob berib o‘tishdi. “Umuman gazeta ishi menga begona emas, bundan bir necha yil avval o‘zim ham mazkur tahririyatda 5 yil davomida ishlaganman va gazetada ishlagan davrimdagi orttirgan tajribam bugungi faoliyatimda muhim o‘rin tutmoqda”.
“Darakchi” va “Sug‘diyona” gazetalarining ahil jamoasiga biz bilan hamkorlik qilayotganliklari uchun minnatdorlik bildirib, ijodiy faoliyatlarida omad tilaymiz!