13.02.2022 409

O‘zJOKU talabalari diqqatiga!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari diqqatiga! Xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqasiz, lekin o‘quv kursiga borishga imkon topa olmayapsizmi?

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xorijiy tillar kafedrasi huziridagi “PERFECT STUDY” o‘quv kursi davlat ta’lim standartlariga mos ravishda, tinglovchi-o‘quvchilarning qiziqishi, xohishi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularni til bilish darajasiga qarab tayyorlash, shuningdek ularning til yuzasidan intellektual rivojlanishini ta’minlovchi o‘quv muassasasiga o‘qishga taklif etadi.

Endilikda siz:
— Yangi tashkil etilgan intensiv o‘quv kurslarida 3 oy mobaynida xorijiy tillarni (ingliz, koreys, turk, rus) a’lo darajada o‘rganishingiz;
— Xorijiy tillardagi asosiy ko‘nikmalaringizni rivojlantirishingiz;
xalqaro va milliy til bilish sertifikatlariga ega malakali universitet professor- o‘qituvchilaridan saboq olishingiz;
— Erkin gapirish qobiliyatingizni hosil qilishingiz va asosiysi bilimingizni mustahkamlashingiz mumkin.

Bundan tashqari siz vaqtingizga qarab o‘quv kurslarida ishtirok etishingiz;
O‘zingiz tanlagan professor-o‘qituvchi bilan mustaqil shug‘ullanishingiz;
Bir qancha jahon standartlariga mos darsliklaridan bilim olishingiz mumkin.

Har bir imkoniyat siz uchun, kelajak bunyodkorlari uchun!
Unutmang, til bilganni el biladi!

Murojaat uchun manzil: O‘zJOKU Xorijiy tillar kafedrasi, 1/307 - xona

Bo'lishmoq: