26.02.2022 387

O‘zJOKU talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi va Hindistonning “PCTE Group of Institutes” ta’lim muassasasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijalari doirasida Hindistonning “PCTE Group of Institutes” ta’lim muassasasi tomonidan 2022/2023-o‘quv yili uchun bakalavr va magistratura dasturlarida tahsil olish uchun e’lon qilingan stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi ma’lumot.

PCTE Group of Institutes” Hindistonning Panjob shtatining Ludiana shahrida joylashgan.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu dastur muhandislik, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar, biotexnologiya, turizm, moda va dizayn, tijorat va boshqa yo‘nalishlarga mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur stipendiyalarga O‘zbekiston Respublikasidan ham 4 nafar nomzod ko‘rsatilishi mumkin.

Ushbu dastur doirasida faqatgina o‘quv jarayoni uchun to‘lovlarni qoplash nazarda tutiladi. Oziq-ovqat, yotoqxona, transport xarajtlari talaba/yuboruvchi tashkilot tomonidan qoplanadi. (Yotoqxona uchun arzonlashtirilgan to‘lov miqdori 1 nafar talaba uchun 1 yilda taxminan 1000 AQSh dollarini tashkil qiladi).

Hindistonning “PCTE Group of Institutes” ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bilan www.pcte.edu.in  veb-sahifasida tanishish mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzodlar mustaqil ravishda, Hindistonning “PCTE Group of Institutes” ta’lim muassasasi veb-saytida berilgan talabnomani (https://pcte.edu.in/international-students/) to‘ldirishi kerak.

Hujjat topshirish muddati – 2022-yil 31-maygacha.

 

Tanlovda ishtirok etish bildirgan nomzodlar, yuqorida ko‘rsatilgan talabnomani to‘ldirib Xalqaro hamkorlik bo‘limiga ma’lumot berishi shart.

Ilova 1;

Ilova 2.

 

Bo'lishmoq: