27.08.2020 1629

O‘zJOKU talabasining navbatdagi yutug‘i!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining “Bosma OAV” yo‘nalishida tahsil oladigan 2-kurs talabasi Nodirbek Norto‘rayev MediaCAMP Award 2020 mintaqaviy tanlovining "Hukumat va jamiyat" nominatsiyasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“Sifatli kanalizatsiya tizimining yo‘qligi O‘zbekistonga qanchaga tushadi?” nomli maqola o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Maqola muallifi daryo suvidan zaharlanish, bolalar o‘limi va saraton kasalliklari o‘rtasidagi muammolar borligi kanalizatsiya tizimining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi bilan bog‘laydi.

Endi Nodirbek shu yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan final bosqichida ishtirok etadi. Nodirbekga yakuniy bosqichda omad va zafarlar tilab qolamiz!

 

Talabamizning jurnalistik materialini quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin:

https://repost.uz/slivat-nekuda

Bo'lishmoq: