27.09.2021 414

O‘zJOKU tyutorlikka ishga taklif qiladi!

Siz O‘zJOKU jamoasining ajralmas bo‘lagi bo‘lishni istaysizmi? Yaxshi oylik maoshiga o‘zingiz sevgan ish bilan shug‘ullanishnichi? Unda bu taklif siz uchun! O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tyutorlikka nomzodlar uchun tanlov e’lon qiladi!

 

Hayotiy va kasbiy tajribaga ega bo‘lgan, yoshi 30 ga yetgan, yoshlar bilan ishlashni, ularga motivatsiya berishni, yo‘naltirish va har taraflama qo‘llab quvvatlashni uddalay oladigan mutaxassislarni ishga taklif etamiz.

Agar yuqoridagi ta’riflar sizga tegishli bo‘lsa unda o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni universitetning Ma’naviyat bo‘limiga topshirishingizni yoki telegram orqali @laylo0609 manziliga yuborishingizni so‘raymiz!

Bizga siz kabi shijoatli va kreativ mutaxassilar juda kerak, shoshiling vaqt oz qolmoqda. Hujjatlarni 1-oktabrga qadar qabul qilamiz.

Bo'lishmoq: