23.04.2022 366

O‘zJOKU va maktablar hamkorligi

Kecha O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar univesitetida Yakkasaroy tumanida joylashgan 144-maktab o‘quvchilari mehmon bo‘lishdi.

Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti dekani A.Nurmatov boshchiligida o‘quvchilarni universitetdagi o‘quv jarayonlari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirib o‘tildi.

O‘quvchilarda universitetning dars jarayonlari, talabalarga yaratilgan barcha sharoitlar va imkoniyatlar katta qiziqish uyg‘otdi.

Bo'lishmoq: