06.04.2023 700

O‘zJOKU va Renessans ta’lim universiteti hamkorligi

Bugun O‘zJOKU rektori, universitetning barcha prorektor va dekanlari Renessans nodavlat ta’lim universitetida bo‘lishdi. Maqsad: ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish va tajriba almashish.

Uncha katta bo‘lmagan universitet kampusida 3000 nafarga yaqin talaba tahsil oladi. Ularning 90% talabasi sirtqi yo‘nalishdadir. Qiziq tomoni bu universitetda dekanatlar faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa-da 2 ta kafedrada 31 yo‘nalishda o‘qish imkoniyati mavjud.

Bugungi uchrashuv davomida O‘zJOKU mutasaddilari Renessans ta’lim universiteti bilan birgalikda qator loyihalarni amalga oshirishni kelishib olishdi. Yaqin kunlarda Renessans ta’lim universiteti jamoasi ham O‘zJOKUda mehmon bo‘lishi kutilmoqda.

Bo'lishmoq: