24.02.2021 852

O‘zJOKU va Ziyo Forum o‘rtasidagi hamkorlik

Yangi ochilayotgan talabalar ommaviy axborot vositasi jamoasiga shoshilinch tarzda bosh muharrir, ishlab chiqarish muharriri, texnik muharrir, muxbir, menedjer va mualliflar (muxbirlar) kerak.

Biz Ziyo Forumning fan va ta’limni rivojlantirish jamg’armasi bilan uchrashuv chog‘ida loyihani ishga tushirishni muhokama qildik.

Avlod media loyihasining taqdimoti paytida fond rahbari Bobur Farmanov va maslahatchi Madina Ro‘zmatova talabalar ommaviy axborot vositasi universitet va u yerda tahsil olayotgan talabalarni bir-biriga bog‘lashi, shuningdek, to‘laqonli eksklyuziv ommaviy axborot vositasi sifatida o‘z ishini olib borishini ta’kidlab o‘tishdi.

Full-time ish (o‘qishni inobatga olgan holda), o‘rtacha ish haqi, amaliyotchilardan o‘rganish imkoniyati.

Agar siz ajoyib loyihalarni amalga oshirishni istasangiz, o‘zingizni onlayn jurnalistikada, raqamli va PR sohasida izlayotgan bo‘lsangiz, CVingizni @farmanov_b (telegram) ga hoziroq yuboring!

Bo'lishmoq: