Kecha Turkiya Respublikasida safarda bo‘lib turgan universitetimiz vakillari Istanbul shahridagi Marmara universitetiga tashrif buyurishdi.
Universitetimiz xodimlarini Marmara universiteti xalqaro aloqalar va akademik hamkorlik bo‘yicha direktori professor Nuri Tinaz, o‘rinbosari Gokchin O‘jay, kommunikatsiyalar fakulteti ma’sullari dotsent Bitulxonim hamda Ilchin Bey kutib olishdi.
Universitet haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tishdi, ya’ni universitet 1882-yil Oliy tijorat maktabi sifatida faoliyatini boshlagan. 1982-yilda Iqtisod va boshqaruv bilimlarini o‘zida jamlagani fakultetlar orqali Marmara universitetiga asos solindi. 2012-yilda besh fakultet bo‘lib, turk va ingliz tilida 9 ta dastur asosida faoliyat olib bordi.
Endilikda universitetda 17 ta fakultet, 7 ta ilmiy-tekshirish instituti bor. Hozirgi paytda bu yerda 81 ming nafarga yaqin talaba tahsil oladi, ularga 2400 nafar professor-o‘qituvchi saboq beradi. Darslar ikki tilda (talabalarning xohishlariga qarab 100/30 foiz) turk va ingliz tillarida olib boriladi.
Universitet Erasmus, Turkiya bilimlari xalqaro dasturlarida qatnashadi.
Marmara universiteti bilan O‘zbekistonning bir qator oliy ta’lim muassasalari, xususan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Sharqshunoslik instituti, Yuridik universitetlari bilan aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Endi ularning qatoriga jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ham qo‘shildi. Universitet rahbariyati bilan uchrashuv chog‘ida bizning universitet ilmiy va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor Nozima Muratova bu yerga kelishdan ko‘zlangan asosiy maqsadga to‘xtaldi. Kelgusida Marmara universitet bilan hamkorlikda talaba va o‘qituvchilar almashish bo‘yicha kelishuvga erishish, shuningdek magistratura va doktorontura uchun birgalikda dasturlar ishlab chiqish, o’qituvchilarni onlayn seminarda, vebinarlarda ma’ruza bilan ishtirok etish, birgalikda konferensiyalar o‘tkazish, hamkorlikda ilmiy jurnal chiqarish bilan bog‘liq masalalar ana shular jumlasidandir.