Istanbulda haftaning birinchi kunida Turkiyaning eng katta va ko‘hna oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Istanbul universiteti ommaviy kommunikatsiyalar fakultetida bo‘ldik. Bu yerda fakultet dekani, professor Abdulloh O‘zkan xamda uning o‘rinbosari professor Ali Murod Vural bilan uchrashdik.
Universitet tarixiga nazar tashlasak, u biz o‘ylagandan ko‘ra ham qadimiy ekanligiga guvoh bo‘lamiz. U dastlab 1453-yilda Konstantinopolni egallagan Sulton Maxmud farmoni bilan oliy islom maktabi sifatida tashkil etilgan. Shu maqom bilan 1846-yilgacha faoliyat olib borgan. Keyin shu maktab bazasida madrasaga asos solingan. Turkiyada Respublikasi o‘rnatilgach, 1927-hamda 1933-yillarda universitet sifatida kayta tashkil etilgan. Endilikda universitetda 17 ta fakultet bo‘lib, unda 65 ming nafarga yaqin talaba o‘qiydi. Ularga 2000 ming nafar professor-o‘qituvchi saboq beradi.
Universitet 2011-yilga qadar kuchli 500 talikka kirgan Turkiyaning yagona OTMi hisoblangan. Universitet hozir ham mamlakatning yetakchi oliy talim muassasasidir. U hozir ham Erasmus xalqaro dasturlarida ishtirok etadi. Boloniya sharnomasini yoqlaydi.
Bizga aloqador bo‘lgan ommaviy kommunikatsiyalar fakulteti esa 1970-yilda tashkil etilgan. Fakultetda talabalarning yaxshi bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Matbuot xonasi, teleradio studiyalar, montaj stollari, to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladagan xonasi, kutubxona va boshqalar mavjud. Ta’til bo‘lishiga qaramay fakultetda talabalarni uchratdik.
Fakultet dekani Abdulloh O‘zkan bilan suxbatimiz universitetmizni yaqindan tanitish, kelgusida hamkorlikni qanday tashkil qilish, o‘zaro o‘qituvchi va tajriba almashish masalalari xususida bo‘ldi. Ayniqsa, hamkasblarimizga bizning turkiy tilli davlatlar jurnalistikasini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlagan loyihamiz juda yoqdi. Ular kelgusida shu loyiha bo‘yicha birgalikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Fakultet dekani, professor Abdulloh O‘zkan hamda uning o‘rinbosari professor Ali Murod Vural bilan uchrashuvimiz rasmiyatchilikdan holi, samimiy o‘tdi. Tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini topshirdilar. Uchrashuv so‘nggida fakultet hayoti bilan va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdik. Kelgusida ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha 70 yillik tajribasiga ega fakultet professor-o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy-amaliy tajribalari bilan bizga ko‘maklashadi, deb o‘ylaymiz.