28.08.2021 489

O‘zJOKU vakillari uchun vebinarda ishtirok etish imkoniyati

Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgan Qozog‘iston Respublikasining elchixonasi notasida Markaziy Osiyo startapchilari uchun joriy yil 5-14 oktabr kunlari o‘quv vebinari tashkil etilishi ma’lum qilingan.

Vebinar mavzusi – “АКСЕЛЕРАЦИЯ И ОБУЧЕНИЕ ДЛЯ СТАРТАПОВ”

Bu vebinarlar ishtirokchilarga startaplar rivojlanishining dastlabki bosqichida zarur bo‘lgan ko‘nikma va bilimlarni, shuningdek, muvaffaqiyatga erishish uchun amaliy vositalar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Mazkur vebinar Qozog‘iston xalqaro rivojlanish agentligi (KazAID) hamda Isroil davlati Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “MASHAV” agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda. Vebinarda Isroil ekspertlari tomonidan 8 akademik soat va Qozog‘iston ekspertlari tomonidan qo‘shimcha 8 akademik soat ma’ruza va munozaralar o‘tkaziladi (batafsil ma’lumot ilova qilinmoqda).

Markaziy Osiyo startapchilari uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu vebinarda ishtirok etishistagini bildirganlar ilovada keltirilgan arizana munasini to‘ldirib, leila.sagymbayeva@outlook.com elektron manziliga yuborish zarur.

Bo'lishmoq: