12.12.2020 762

O‘zJOKUda 25 million so‘m oylik topadigan talaba tahsil oladi

Aql yoshda emas, boshda, deb bejiz aytishmaydi. Bilasizmi, O‘zJOKUning Bosma OAV va noshrlik ishi fakultetining 1-kursida tahsil oladigan Ilhom Ismatullayev oyiga 25 million so‘m oylik oladi. Havas qilishga arziydi, to‘g‘rimi?
Gap shundaki, Ilhomning o‘zining reklama agentligi mavjud bo‘lib, hozirda 8 ta loyihani yuritadi. Uning jamoasida SMM mutaxassislari, kopirayterlar, dizaynerlar ham bor. Xullas, yosh bo‘lishiga qaramasdan o‘z biznesiga ega.
Bu haqida biz universitetimiz rektori Sherzodxon Qudratxo‘djayev “Rektordan motivatsiya: Aqliy saloyihat bilan zabt etish” nomli uchrashuvda xabardor bo‘ldik.
Bunday harakatchan, aqlli talabalarimiz borligidan biz faqat xursand bo‘lamiz! Ma’lumot o‘rnida aytishimiz kerakki, Ilhom kabi talabalar ayni paytda Rektor bilan uchrashuvda ishtirok etishmoqda.

Bo'lishmoq: