O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirning 2023-yil 15-martdagi 51-sonli buyrug‘iga binoan bugundan boshlab O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti faoliyatini tashqi baholashga jalb etiladigan ekspert komissiyasi tarkibi o‘z ish faoliyati boshladi.
Dastlab, Ne’matov Sherzod Qalandarovich boshchiligidagi ishchi guruh universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv binolari bilan tanishdi.
Ekspert komissiyasi rejasidan 27-29-aprel kunlari Talabalarning fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari hamda talabalardan anonim so‘rovnoma o‘tkazish belgilangan.