27.04.2022 369

O‘zJOKUda “Deutsche Welle” Akademiyasining vakili mehmon boʻldi

Bugun Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Deutsche Welle” Akademiyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz boʻyicha loyiha koordinatori Lidiya Ranert mehmon boʻldi.

Xabaringiz bor, OʻzJOKU tashkil etilgan ilk kunlaridanoq, “Deutsche Welle” bilan ko’plab yoʻnalishlar bo’yicha hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Universitetda tashkil etilgan radiostudiya ham aynan DW Akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihadir. Lidiya Ranert universitet radiostudiyasida boʻlib, talabalar undan qanday foydalanayotganliklari bilan qiziqdi.

Shundan soʻng, universitet vakillari mehmon bilan qoʻshma hamkorlikning keyingi bosqichlarini oʻzaro muhokama qildilar.

Ma’lumot uchun: Deutsche Welle (“Nemis to‘lqini”) teleradiokompaniyasi Germaniyaning xorijiy tinglovchilar va tomoshabinlarga mo‘ljallangan yirik mediatuzilmasi bo‘lib, 60 mamlakatda 3 mingga yaqin xodimi faoliyat olib boradi. Teleradiokompaniya auditoriyasi qariyb 150 million kishini tashkil etadi.

Bo'lishmoq: