2019 yil 12 noyabr kuni O‘zbekiston jurnalistikasi va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD 30.08.2018 Fil.140.01 raqamli ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy Seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Jurnalistika ixtisosligi (10.00.09) bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun – Yunusov Mansur Abdullaevichning “Mustaqillik davrida O‘zbekistonda bolalar jurnalistikasining taraqqiyoti: yutuqlar, muammolar va yechimlar (bosma nashrlar misolida)” hamda Doniyorov Salim Musurmonovichning “Особенности развития газетных редакций в условиях медиаконвергенции”- Mediakonvergensiya sharoitida gazetalar tahririyatlari rivojlanishining o‘ziga xosligi deb nomlangan dissertatsiyalari muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Har ikkala dissertatsiya bo‘yicha belgilangan taqrizchilar o‘z chiqishlarida ishni atroflicha tahlil qilishib, dissertatsiya va avtoreferatda yo‘l quyilgan ba’zi kamchiliklarni qayd etib o‘tishdi. Shu bilan birga Ilmiy seminar a’zolari Q.T. Irnazarov, N.F. Muratova, A.Karimovlar ham dissertatsiyalar bo‘yicha o‘zi fikr-mulohazalarini bildirishdi. Har ikkala dissertatsiya ham ilmiy Kengashga himoya uchun tavsiya etildi.