15.11.2021 394

O‘zJOKUda donorlik aksiyasi

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida an’anaviy donorlik aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Aksiyada universitet xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etib, qon topshirishdi.

Xalqaro press klubning bugungi sessiyasini yakunlab qaytgan universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja ham donorlik uchun qon berib, o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida barchani ushbu savobli ishga chorlab qolgan.

Bo'lishmoq: