29.05.2019 1511

O'zJOKUda Fransiyalik Jan Pyer Ranger mehmon bo'ldi

      Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bugun Fransiyaning Sarbonna universiteti professori, yozuvchi, jurnalist, publitsist, teatrshunos olim Jan-Pyer Ranger (Jean-Pierre Ryngaert) bilan ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi.

      Universitetga o`z rafiqasi bilan tashrif buyurgan "Mousson d'été" zamonaviy teatr san`ati festivalining yozgi universiteti direktori Jan-Pyer Ranger talabalar bilan tashkil etilgan uchrashuvda bevosita ularning teatr sohasi haqidagi fikrlari bilan qiziqdi. Professor suhbat davomida teatr tarixi, aktyorlik faoliyati, dramaturgiya shuningdek, fransuz teatrining bugungi kundagi yutuqlari haqida ham barcha yig`ilganlar uchun qiziq bo`lgan fikrlarni bildirib o`tdi. 


       Ishtirokchilar ham, mehmonlar ham bo`lib o`tgan uchrashuvdan katta taassurot oldilar.

Fotograf: Doniyor Shog'ulomov

Bo'lishmoq: