07.01.2019 1253

O'zJOKUda Germaniyaning "Der Tagesspiegel" gazetasi jurnalisti Johannes Ruger bilan.

    7-yanvar kuni O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Germaniyaning "Der Tagesspiegel" gazetasi jurnalisti Johannes Ruger keldi. Mehmon universitetda yaratilgan shart-sharoitlarni bilan tanishdi. Talaba va magistrlar bilan ingliz, nemis tillarida suhbatlashdi. Universitet rektori va prorektorlar, dekan va professor o'qituvchilar ishtirokida suhbat ham tashkillashtirildi. Suhbat asosan o'zbek va nemis jurnalistikasi haqida bo'ldi, fikrlar almashinildi. Mehmon ham, mezbonlar ham ijtimoiy-siyosiy sohaga oid o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Yakunda Ruger  Õzbekistonda olib borilayotgan islohotlarga munosib baho berdi.

Bo'lishmoq: