O‘zJOKUda talabalar bilan birgalikda barcha ishchi xodimlar, professor-o‘qituvchilar ham faoliyatlaridan bo‘sh vaqtlarida universitetda sport bo‘yicha yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishadi.
Jumladan, O‘zJOKU ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash sektori bo‘limi jamoasi bugungi ajoyib ob-havodan foydalangan holda, ochiq osmon ostida stol tennisi va badminton o‘ynadilar. Mashg‘ulotlardan keyingi yoqimli charchoq kuni bilan ish faoliyatlariga salbiy ta’sir qilmagani, aksincha alohida motivatsiya bilan ishlashlariga yordam berganiga aminmiz.
Barcha universitet a’zolariga ham sport bilan shug‘ullanishni tavsiya etib qolamiz, zero sport sog‘lik garovi!