16.02.2022 721

O‘zJOKUda hind madaniyati kechasi tashkil qilindi

Bugun 16 – fevral kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Toshkentdagi Lal Bahadur Shastri nomidagi hind madaniyati markazi tomonidan “O‘zbekiston va Hindiston: 30 yillik madaniyat va taraqqiyot yo‘li” nomli hind madaniyati kechasi tashkil etildi.

Tadbirni universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja ochib berib, nutq davomida Hind mamlakati, xalqi va madaniyatiga bo‘lgan chuqur ehtiromini izhor etdi. So‘zni Hindistonning O‘zbekistondagi favqulotda va Muxtor elchisi Shri Manish Prabxat davom ettirib, Hindistonga bo‘lgan katta qiziqish va hurmat uchun minnatdorlik bidirib, universitet haqida ham iliq fikrlar aytib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda Toshkentdagi Lal Bahadur Shastri nomidagi hind madaniyati markazi direktori, professor Shekxar Chander hamda markazning sozanda va raqqosalari ishtirok etdilar.

Tadbirga yig‘ilgan mehmonlar va universitet talabalari Hindiston madaniyati haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Hindcha raqs va musiqalar esa tadbirga alohida kayfiyat va shukuh kiritdi.

Bo'lishmoq: