01.07.2022 877

O‘zJOKUda ijodiy imtihonlar o‘tkazish vaqti aytildi

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanalida 30-iyun kuni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutaxassislari bilan "O‘qishni ko‘chirish hamda bu yil OTMga kirishdagi imtiyozlar" mavzusida ovozli chat o‘tkazildi.

Ovozli chatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi departamenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Azizbek Xasanovlar ishtirok etishdi.

Mavzu yuzasidan yo‘llangan savollarga mutaxassislarning javoblarini matn xolda o‘qish hamda videoxavola shaklida ko‘rishingiz mumkin.

Savol: — O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti uchun kasbiy imtihonlar haqida to‘liq ma’lumot bersangiz. Insholar qaysi mavzularga asoslangan bo‘ladi? Qaysi talablarga ko‘ra baholanadi.

 

 

—“Jurnalistikada qarorda belgilangan test bilan bir qatorda kasbiy ijodiy imtihon olish belgilangan bo‘lsada pandemiya sabab imtihonlar to‘liq test shaklida olingandi. Karantin bekor qilinganligi sababli bu yildan kasbiy ijodiy imtihon yana qaytdi. Bu jurnalistlarni saralab olish uchun imkoniyat yaratildi degani.

Bu yilgi kasbiy ijodiy imtihonlarimiz oldingiga o‘xshagan ham suhbat, ham yozma-insho shaklida olinadi. Ya’ni kasbiy ijodiy imtihon uchun 93 ball belgilangan bo‘lsa, shundan 31 balining uchdan bir qismi og‘zaki suhbat uchun ajratilgan bo‘lib, qolgan uchdan ikki qismi ya’ni 62 bali yozma ijodiy insho shaklida olish belgilangan. Bunda ularni har bitta ta’lim yo‘nalishi ya’ni jurnalistikani faoliyat turlari (teleradiojurnalistika, bosma OAV, internet jurnalistikasi ) dan kelib chiqib og‘zaki va yozma insholar savollari tuzilgan.

Ijodiy imtihonlarni olish muddatlari 20 iyuldan o‘qishga qabul qilish bo‘yicha muddat tugaganidan keyin 21 iyuldan grafik qilinadi va shundan keyin olinadi. Uzog‘i 28-30-iyulga mo‘ljallangan”,— O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Azizbek Xasanov.

N. Rahmonova, N. Abduvoitov (video) O‘zA.

 
Bo'lishmoq: