17.06.2021 905

O‘zJOKUda kafedralar faoliyati tahlili

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja avval xabar berganimizdek, universitet tarkibida faoliyat yuritayotgan 6 ta kafedraning 109 nafar professor–o‘qituvchilari bilan hafta mobaynida yig‘ilish o‘tkazdilar. Barcha kafedralar bilan birma-bir uchrashib, o‘qituvchilarning har biri bilan yuzma-yuz gaplashgan rektor avvalo kafedralarning 3 yillik faoliyati tahlili bilan tanishdilar. Natijalar ko‘rib chiqilgach, kafedralarning oldilarida turgan ustuvor vazifalar, talabalar uchun o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan yangiliklar, kafedralarning yangi o‘quv yili uchun rejalari, o‘quv va tashkiliy ishlar borasidagi takliflari haqida ham munozalar bo‘ldi. Uchrashuvlar so‘ngida professor Sherzodxon Qudratxo‘ja kafedra mudirlariga katta mas’uliyat yuklagan holda, ularga:

-  kafedralar ilmiy salohiyatini oshirish;

-  xalqaro va OAK tomonidan e’tirof etilgan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishni jadallashtirish;

-  o‘quv yili davomida 4 tadan kam bo‘lmagan ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish:

-  yangi adabiyotlar, darsliklar va o‘quv qo`llanmalar chop ettirish;

-  video, audio mashg‘ulotlar yaratish:

-  professor o‘qituvchilar tomonidan axborot kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillarni mukammal o‘rganish;

-  darslarda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish;

-  Xalqaro hamkorlik bo‘yicha xorijiy OTMlar bilan qo‘shma ilmiy konferensiya va seminarlar o‘tkazish;

-  O‘quv jarayoniya xalqaro mutaxassislarni jalb etish;

-  O‘z ma’ruzalari bilan xalqaro OTMlarda chiqishlar qilish;

-  Ilmiy-texnik dasturlar loyihasida innovatsion ishlarni amalga oshirish;

-  Kafedralar tomonidan kasbiy tayyorlov va xorijiy kurslarni tashkil etish shuningdek, bitiruvchilarning ishga joylashuvi masalalaari va bu borada ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni uzluksiz yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar ustida ishlashni maqsad qilib qo‘ydilar.

Bo'lishmoq: