30.08.2021 773

O‘zJOKUda mustaqillik tantanasi!

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik tantanasi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining bir guruh professor-o‘qituvchi va xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar!

Esdalik nishoni o‘z egalariga bugun universitetning navbatdagi kengashi oldidan tantanali ravishda topshirildi.

Taqdirlanganlar kengashda so‘zga chiqib, bu kamtarin mehnatlari uchun davlatimiz rahbari tomonidan berilgan yuksak e’tirof ekani haqida to‘xtalib, nishon ularga katta kuch va motivatsiya berishini alohida ta’kidlashdi.

O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja va universitet jamoasi nomidan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan:

Gulnora Zakirova;

Nafisa Tursunova;

Gulsanam Xasanova;

Shaxnoza Taylakova;

Dildora Rizayeva;

Laylo To‘rayeva;

Nigora Usmonova;

Yulduz Rahimova va Zilola Saidovalarni chin dildan muborakbod etib, barchalariga kelgusi faoliyatlarida zafarlar tilaymiz!

Bo'lishmoq: